
Pereyrani noyob jangchiga aylantirgan narsa nima? Teddi Atlas javob berdi
Amerikalik mashhur boks murabbiyi Teddi Atlas yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyraning jangovar qobiliyatini yuqori baholadi.
"Aleksda radar bor. U rentgen nurlari bilan ko‘radi. U boshqalar ko‘rmaydigan narsalarni ko‘ra oladi. Terrens Krouford ham shunday yigitlardan biri. Ular xotirjamlik bilan o‘z vaqtlarini kutishadi", – dedi Atlas o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Pereyra(11-2) o‘tgan hafta oxirida o‘z kamarini ikkinchi marta himoya qilib, Irji Proxazka(30-5-1)ni nokautga uchratdi.
Fikrlar