
Perishich bu borada faqat Messidan orqada
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich uchinchi o‘rin uchun kechayotgan Marokashga qarshi bahsda Yoshko Gvarliolning goliga pas berib, "shaxmatchilar"ning birinchi taymda g‘alaba qozongan holda tanaffusga chiqib ketishiga o‘z hissasini qo‘shdi. 36 yoshli futbolchi so‘nggi uchta mundialda "gol+pas" tizimida 11 ball to‘pladi (6 ta gol va 5 ta golli uzatma). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorvatdan faqat Messi (10 ta gol va 6 ta golli uzatma) oldinda.
So‘nggi uchta Jahon chempionatida eng yaxshi natija qayd etgan kuchli beshlik quyidagicha:
Lionel Messi - 16 ta (10 ta gol va 6 ta golli uzatma);
Ivan Perishich - 11 ta (6 ta gol va 5 ta golli uzatma;
Neymar - 11 ta ( 8 ta gol va 3 ta golli uzatma);
Kilian Mbappe - 11 ta (9 ta gol va 2 ta golli uzatma);
Xarri Keyn - 11 ta (8 ta gol va 3 ta golli uzatama).
Fikrlar