
"Persepolis" - Eron chempionati g‘olibiga aylandi
"Persepolis" Eron chempionatining so‘nggi turida "Mes Rafsanjan"ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golni Gvelesiani urdi. Himoyachi 85-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi.
Shu tariqa, "Persepolis" 68 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda qoldi va mavsum chempioniga aylandi.
Fikrlar