Peshqadamni engib ham turnirni tark etgan "Braga", 24-o‘ringa arang ilingan Mourino jamoasi va boshqalar

  • 31 yanvar, 10:13
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Braga" - "Latsio" 1:0 

Tecno

So‘nggi turda "Braga" peshqadam "Latsio" bilan o‘ynadi. Ushbu bahsda Portugaliya klubi jadval peshqadamini taslim etdi. Rikardo Orta 6-daqiqadayoq hisobni ochdi va bu gol bellashuv so‘nggiga qadar yagonaligini saqlab qoldi. Biroq ularga keyingi bosqichga chiqish uchun 1ta gol etmadi. 

S.C Braga v Lazio | Match Highlights | UEFA Europa League | SuperSport

"Fenerbaxche" - "Mityulland" 2:2

"Fenerbaxche"da ham vaziyat u qadar yaxshi emasdi. So‘nggi tur oldidan ularda atigi 9 ochko bor edi. Daniyaning "Mityulland" jamaosiga qarshi bahsda ular 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan bir paytda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Shunday qilib, ularni ochkolari 10 taga etdi. 

Yakuniy jadvalda 10 ochkosi bor 5 ta klub bor edi (PAOK, "Tvente", "Fenerbaxche", "Braga" hamda "Elfsburg"). To‘plar nisbatiga ko‘ra, PAOK, "Tvente" hamda "Fenerbaxche" pley-offda qatnashadigan bo‘ldi. "Latsio"ni taslim etgan "Braga"ga atigi 1 ta gol etmadi. "Mityulland" esa 11 ochko bilan 20-pog‘onadan joy oldi.

Fenerbahçe Spor Kulübü

"Tvente" - "Beshiktosh" 1:0 

Evropa ligasi, guruh bosqich, 8-tur oldidan "Tvente" jamoasida 7, "Beshiktosh"da esa 9 ochko bor edi. Demak, ushbu turdagi g‘alaba har ikki jamoa uchun ham suv va havodek muhim va ularni hatto durang ham qoniqtirmasdi. Ushbu o‘yinda haqli jamoa g‘alaba qozondi, desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi, mezbonlar o‘yin davomida jami 22 ta zarba yo‘lladi, turklarda esa bu ko‘rsatkich 8 tani tashkil etdi. Dan Rots tomonidan 76-daqiqada urilgan gol "Tvente"ning Evropa ligasida yurishini davom ettirishini ta’minladi. 

Ushbu natijadan so‘ng "Tvente" 10 ochko bilan 23-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 9 ochkosi o‘zgarishsiz qolgan "Beshiktosh" 28-pog‘onani band etdi va musobaqani tark etdi. 

Daan Rots schiet FC Twente naar tussenronde en laat Grolsch Veste  ontploffen: 'Ik wist dat hij ging vallen' | Europa League | AD.nl

"Tottenxem" - "Elfsburg" 3:0 

"Tottenxem" so‘nggi turda "Elfsburg"ni deyarli ikkinchi tarkib bilan 3:0 hisobida taslim etdi. Shvetsiya klubida so‘nggi tur oldidan 10 ochko bor edi va ularni durang va vaziyatdan kelib chiqib, u qadar yirik bo‘lmagan, minimal hisobdagi mag‘lubiyat ham qoniqtirishi mumkin edi. Biroq 10 ochkosi bor "Elfsburg"ning so‘nggi turdagi yirik mag‘lubiyati ularni musobaqani tark etishini ta’minladi. 5 ta 10 ochkosi bor jamoalar ichida eng yomon ko‘rsatkichga ega shvedlar 26-o‘rin bilan turnir bilan xayrlashdi. 

Tottenham v Elfsborg LIVE: Result and final score from Europa League game  tonight | The Independent

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!