Peti: "Mbappening kelishi "Real" kiyinish xonasidagi muhitga ta'sir qildi"

  • 18.04.2026 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti Kilian Mbappening "Real Madrid"ga o‘tishi jamoa ichidagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.

"Bu faqat Mbappening aybi emas. Ammo uning kelishi "Real" kiyinish xonasini egoizm bilan to‘ldirdi. Vaqt unga qarshi ishlayapti.

PSJ esa jamoa sifatida o‘ynay boshlagani­dan beri fenomenal o‘yin ko‘rsatmoqda. Ular bir qo‘l barmoqlaridek jips", — dedi Peti.

Qayd etilishicha, Mbappe ishtirok etgan so‘nggi to‘rtta uchrashuvda madridliklar g‘alaba qozona olmagan.

Joriy mavsumda fransuz hujumchisi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 40 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!