
Petr Chex shaxsiy antirekordini o‘rnatdi
Xabaringiz bor bundan bir necha daqiqalar oldin Angliya premer-ligasining 27-turida "Arsenal" hamshahari "Tottenxem"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qizig‘i, gol o‘tkazib yuborgan “kanonirlar” posboni Petr Chex APLning ketma-ket 9ta uchrashuvidan buyon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmayapti. Bu esa 35 yoshli chexiyalik posbonning shaxsiy antirekordi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum premer-liganing barcha 27ta turida maydonga tushgan Chex ushbu uchrashuvlarning faqatgina 9tasida maydonni golsiz tark etgan.
Fikrlar