Petra Kvitova "Rolan Garros"da kortga chiqa olmaydi
Chexiyalik tennischi Petra Kvitova Frantsiya ochiq chempionatining asosiy davrasida kortga chiqmasligi haqida e’lon qildi. Uning bu qarorga kelishida chap qo‘lidagi eski jarohati sabab bo‘ldie.
"Afsuski, Parijda kortga chiqmayman. Chap qo‘lim qattiq og‘rimoqda va MRT natijdasiga ko‘ra mushaklarimda yorilishlar bor ekan.
Agarda kortga chiqsam ahvolim og‘irlashar ekan. Ikki yil avval shu kortda tennisga qaytgan edim. Shu bois ham yorqin o‘yinimni namoish etishni reja qilayotgandim. Bu qaror men uchun qiyin bo‘ldi, lekin bunga majburman", - deydi Kvitova.

Fikrlar