Petra Kvitova taslim bo‘ldi
Chexiyalik tennischi Petra Kvitova Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" musobaqasining ikkinchi davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Petra ushbu bosqichda germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda har ikkala setda bir xil 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Petkovich Amerika ochiq chempionatining uchinchi davrasida belgiyalik Elize Mertens, yoki chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar