
Pike: "Mavsum oxirida yutqazgandan ko‘ra, hozir mag‘lub bo‘lganimiz yaxshi"
"Barselona" klubi ximoyachisi Jerar Pike "Atletik"dan uchralgan mag‘lubiyat borasida fikr bildirdi.
"Ushbu stadionda o‘ynash har doim juda qiyin. Raqib, uchrashuv boshidanoq bizga kuchli pressing uyushtirdi va jismonan yaxshi holatda edi. Ikkinchi bo‘limda, biroz hotirjam harakat qilishdi.
Oxir-oqibat, mag‘lubiyat yoki g‘alaba buni bilib bo‘lmaydi. Mavsum oxirida yutqazgandan ko‘ra, hozir mag‘lub bo‘lganimiz yaxshi.
Mag‘lubiyat sabablariga kelsak, mavsumoldi jamoamizga yangi futbolchilar keldi...
Ba’zida barchasiga tayyor holatda bo‘lasiz, ammo barchasi kutilganidek ketmayapti," - dedi Pike.
Manba: As
Fikrlar