Pikening gaplari yig‘ilib qolibdi

  • 03.10.2021 14:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 8-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Barselona" - "Atletiko"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar etakchisi Jerar Pike o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Biz ayni damda qiyin vaziyatdamiz. Ochig‘i, muammolar juda ko‘p. Shunga qaramay, yana tiklanishimizga ishonchim komil. Hozir bizni avval bo‘lmagan qiyin davr kutmoqda. Shunday bo‘lsada, jamoadagi muhit a’lo darajada. Biz hammasini tuzatmoqchimiz.

Laporta va Kuman masalasiga o‘yinchilar aralasha olmaydi. Bizning vazifamiz maydonga chiqib, qo‘limizdan kelgan ishni qilish", - dedi Pike "Movistar" telekanaliga bergan intervyusida.

"Ko‘k-anorranglilar" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 9-pog‘onada, EChLda o‘z guruhida esa so‘nggi o‘rinda bormoqda. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!