Pioli "Milan" bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi
Stefano Pioli tez orada “Milan” klubi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 53 yoshli italiyalik mutaxassis “rossonerilar” bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi va ushbu vaqt orasida 1 mln evro maosh oladi.
Agar “Milan” kerakli natijaga erisha olsa, Pioli bilan shartnoma uzaytirilishi mumkin. U holda uning maoshi yiliga 1,5 mln evro etib belgilanadi.

Fikrlar