Pirlo: "Agar "Yuventus" menga qo‘ng‘iroq qilsa, rad eta olmayman"

  • 29 mart, 2023, 18:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrea Pirlo ayni damda Turkiyaning "Fatix Karagyumryuk" klubini boshqarmoqda. Biroq kelajakda u Italiyaga, xususan Turinning "Yuventus" klubiga qaytishni istaydi.

Tecno

"Hozirgi klubdan shartnomamni uzaytirish bo‘yicha taklifim bor, lekin bu haqda yozda gapirishni afzal ko‘raman. Agar "Yuventus" menga qo‘ng‘iroq qilsa, rad eta olmayman, klub rahbariyatining ba’zi vakillari bilan aloqalarim bor", - dedi Pirlo Italiyaning "La Gazzetta Dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pirlo o‘zining yorqin faoliyatining so‘nggi bosqichida Turin klubida o‘ynagan, keyin esa 2020/2021 yilgi mavsumda unga murabbiylik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!