
Pirlo etti futbolchidan voz kechdi. Ular orasida yulduzlar bor
“Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoani o‘ziga moslashtirishni boshlamoqda. Yosh murabbiy jamoaga kerak bo‘lmagan etti nafar futbolchi sotib yuborilishini ma’lum qildi.
Pirlo birinchi bo‘lib yulduzli davrlari ortda qolgan Gonsalo Iguain va yarim himoyachi Duglas Kostadan qutilmoqchi. Braziliyalik futbolchiga ayni paytda Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmagan “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Yuventus” ikki tajribali tayanch yarim himoyachi Blyuz Matyuidi va Sami Xedirani ham transferga qo‘ydi va ular kelasi haftadayoq Turin klubini tark etadi.
Shuningdek, himoya qo‘rg‘oni vakillari Mattia de Shilo, Aleks Sandro va Daniele Rugani ham Pirloga kerak emas. Ular orasida Sandro “Chelsi”, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted”ni qiziqtirmoqda va boshqalardan tezroq yangi ish joyi topish imkoniga ega.
Fikrlar