
Pirlo sobiq jamoadoshlarini taklif qilishda davom etadi
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo murabbiylar shtabini to‘ldirishda davom etmoqda.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Pirlo "Milan"ning sobiq himoyachisi va "Frozinone"ga ustozlik qilayotgan Alessandro Nestani ishga taklif qilgan.
Avvaliga, Nesta o‘ylab olishi uchun vaqt sarflashiga to‘g‘ri keldi. Sababi, "Frozinone" ligada qolish uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etayotgan edi. Endi, katta ehtimol bilan Nesta turinliklarning taklifini qabul qiladi.
Bungacha, "byankonerilar"ning sobiq himoyachisi Igor Tudor Pirloning murabbiylar shtabiga a’zo bo‘lgandi.
Fikrlar