Pirlo yana ishga qaytishi mumkin

  • 27 iyun, 2023, 14:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turinning "Yuventus" klubidagi faoliyati bilan tanilgan italiyalik mutaxassis Andrea Pirlo o‘z vatanida ish topishi mumkin. Insayder Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, Genuyaning "Sampdoriya" klubi 44 yoshli murabbiyni taklif qilmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, Pirlo klub xo‘jayini Andrea Radrizzani bilan allaqachon bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan. Andreaning "Sampdoriya" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Unda mavsumni uzaytirish imkoniyati haqida band bo‘ladi.

Pirloning oxirgi ish joyi Turkiyaning "Fatih Karagyumryuk" bo‘lgan. U 2022 yilning iyunidan 2023 yilning mayigacha ushbu jamoaga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!