Pirlo "Yuventus"dan ketadigan futbolchilar nomini aytdi

  • 9 avgust, 2020, 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha “Yuventus” bosh murabbiy etib tayinlangan Andrea Pirlo o‘z rejalarini ma’lum qildi.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 41 yoshli mutaxassis Gonsalo Iguain, Sami Xedira va Duglas Kostani tarkibda ko‘rmoqchi emas va rahbariyatdan ularni transferga qo‘yishni so‘ramoqchi. Pirlo yangi mavsum oldidan tarkibga yangi markaziy hujumchi va yarim himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda.

Iguain va Xediraning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha, Kostaniki esa 2022 yilgacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!