
Pirlo: "Yuventus"ga zudlik bilan hujumchi kerak
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo bugun bo‘lib o‘tgan “Novara”ga (5:0) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaga zudlik bilan hujumchi kerakligini aytdi.
“Menga hujumchi kerak, zudlik bilan. Lekin transfer oynasi yopilishiga hali ancha muddat bor, oktyabr boshigacha bizda bu borada ishlash uchun vaqt etarli.
Ronaldu yaxshi formada. U buni bugun va Portugaliya terma jamoasidagi o‘yinida ko‘rsatdi. U maydonda oson harakat qiladi”, - dedi Pirlo.
"Yuventus" A Seriyaning ilk turini 20 sentyabr kuni "Sampdoriyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar