
Pirs Morgan: "Messi, oshirib yuboryapsan"
Yaqinda Krishtianu Ronaldu bilan shov-shuvli intervyu olgan britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan Lionel Messining ijtimoiy tarmoqlardagi postlariga izoh berdi.
"Yaxshi, Lionel… Jahon kubogini yutganingni tushunib turibman. Lekin sen postlarda buni biroz oshirib yuboryapsan", deb yozdi Morgan.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli argentinalik JCh-2022 finalida Frantsiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:3, 4:2 pen.) ijtimoiy tarmoqlarda jahon chempionati bilan bog‘liq beshta suratni joylashtirgandi.
Fikrlar