Piter Xyuistra: "G‘alaba qozonib imkoniyatimizni yaxshilab olishni xohlaymiz"

  • 16 aprel, 2021, 19:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi doirasida ikkinchi tur bahslari o‘tkaziladi. “Paxtakor” bu safar Iroqning “Eyr Fors”ga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdan avval “Paxtakor” bosh murabbiyi Piter Xyuistra hamda himoyachi Anzur Ismoilov matbuot anjumanida qatnashishdi.

Xyuistra: - “Eyr Fors” bilan bellashuvga yaxshi hozirlik ko‘ryapmiz. O‘yin qiziqarli bo‘ladi, deb o‘ylayman. Raqibimiz yaxshi jamoa, yuqori saviyadagi futbolchilari bor. “Sharja”ga qarshi ular juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Keyingi bosqichga chiqish uchun ertangi bahsdagi g‘alaba imkoniyatimizni yaxshilaydi.

Ikki yil oldin “Eyr Fors” bilan pley-off bosqichida o‘ynagandik. Bu jamoa safida ba’zi o‘zgarishlar bo‘lgan. Jamoada qolgan futbolchilari ham bor. O‘shanda bir uchrashuvdan iborat to‘qnashuv edi. Bor kuchni o‘sha o‘yinga tashlash mumkin edi. Hozir esa boshqacha holat. Guruhda jami olti bellashuv o‘ynaladi.

paxta1

Zaxiradan tushirilgan futbolchilarning foydali o‘ynagani juda yaxshi. Bizda bahsni o‘zgartirish uchun imkoniyat bo‘lishi quvonarli. Toshkentdagi salqinroq havodan keyin bu erda issiq havoda futbol o‘ynayapmiz. Bunday sharoitda beshta almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lish yoqimli. Qaysi futbolchilar boshlang‘ich tarkibda tushishini keyinroq hal qilaman.

Ismoilov: - Biz o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Ertaga o‘zimiz xohlagandek hujumkor futbol ko‘rsatib, g‘alabaga erishishni istaymiz. Raqib kuchli, ularni hurmat qilamiz. Ammo yigitlar bilan yutuq orqali imkoniyatimizni yaxshilab, muxlislarni xursand qilishga urinamiz.

Musobaqada ko‘plab o‘yinlar o‘tkazganman. Navbatdagi o‘yinlar uchun jamoaviy birdam bo‘lib, mashg‘ulotlarda ter to‘kishda davom etib, jipslashgan holda harakat qilishimiz kerak. O‘zimizga ishonib, bir-birimizni qo‘llab quvvatlashimiz zarur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Tolibov Oʻktam
16/04/2021 20:31
Anzurjon qovun tushirmasang boʻldi!