
Piter Xyuistra: G‘alabaga haqli edik
Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Eyr Fors" - "Paxtakor" uchrashuvida tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Xayrli kech. Menimcha, o‘yinda g‘alabaga haqli edik. Birinchi bo‘limda imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlamadik, lekin almashtirishlardan keyin yana tashabbusga erishdik. Biroq gol ura olmadik. Birinchi bellashuvga nisbatan bugun faolroq o‘ynadik.
Oxirgi mo‘ljalni nishonga olishda adashdik. O‘yin boshidanoq vaziyatlar yuzaga keltirdik. Raqibda esa darvozaga xavfli zarba deyarli bo‘lmadi. Biz hujumkor futbol ko‘rsatishga intilamiz. Hujum uyushtirish va o‘yin nazoratida yaxshiroq bo‘ldik. Endi keyingi bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz".
Fikrlar