Platini: Puyol bo‘lganida, "Barselona" "Liverpul"ga 4:0 hisobida yutqazmasdi

  • 04.06.2019 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Chempionlar ligasi yarim finalida “Enfild”da "Liverpul"dan (0:4) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatda "Barselona"ga himoyachi Karles Puyol etishmaganini aytdi.

“Agar Puyol maydonda bo‘lganda “Barselona” 4:0 hisobida yutqazmagan bo‘lardi. Ularga aynan Karles singari jamoadoshlarini yiqilmaslikka unday oladigan futbolchi etishmayapti. U ajoyib himoyachi edi”, - deydi Platini.

Eslatib o‘tamiz, dastlab “Kamp Nou”da 3:0 hisobida g‘alaba qozongan “Barselona” “Enfild”da o‘tgan javob bahsida 4:0 hisobida yutqazib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!