
Pochettino futbolchilar uchun dam olish imkoni berdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino chempionlar ligasi gurux bosqichi "Srvena Zvezda" (5:0) ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirib o‘tdi.
"O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, ortiqcha xursandchilik yo‘q menda. Bu birgina o‘yin, ammo bu ham o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi.
Ertaga yigitlarga dam bermoqchiman, chunki biz beshta gol kiritdik.
Futbolda xar-hil vaziyatlar bo‘ladi. Buni tushuntirib berish qiyin. Eng muhimi xotirjamlikni saqlab qolish va aqlni shoshirib qo‘ymaslik. Bunday vaziyatlar hammada bo‘ladi," - deydi Pochettino.
Fikrlar