Pochettino: Messi mushaklarida noqulaylik sezmoqda

  • 29 oktabr, 2021, 16:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 12-turidan o‘rin olgan PSJ hamda "Lill" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan parijliklarning ikki etakchisi safdan chiqqanligi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino argentinalik shogirdining holatiga to‘xtaldi: "Messi nega payshanba kungi mashg‘ulotda qatnashmadi? "Marsel"ga qarshi bellashuvdan so‘ng, u odatdagidek shug‘ullandi. Payshanba kuni esa, mushaklarida biroz noqulaylik sezdi.

Shuning uchun, Leo individual tarzda shug‘ullandi. Keling, vaziyatni kuzatamiz. Tez orada u kelasi o‘yinga tayyor yoki yo‘qligi aniq bo‘ladi",-dedi 49 yoshli mutaxassis.

Parijliklar 11-turdan keyin 28 ochko bilan ichki chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. 10-pog‘onadagi "Lill" 15 ochko jamg‘argan.

PSJda mojaro! Janubiy amerikaliklar jamoaning yangi a’zosini sig‘dirmayapti

PSJ - "Lill": Parijliklar yulduzi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi (qaydnoma)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!