
Pochettino Messi tufayli PSJdan haydalishi mumkin
“Pari Sen-Jermen” bosh m urabbiyi Maurisio Pochettino tez orada jamoani tark etishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Mundo Deportivo nashri.
Manbaning yozishicha, klubga egalik qiluvchi qatarlik Nasser Al-Xelaifiy boshqaruvidagi rahbariyat argentinalik mutaxassisning ishidan norozi bo‘lmoqda.
Klub rahbariyatini jamoaning bo‘sh o‘yini, Lionel Messining samara bermayotgani va Pochettino o‘yinni boshqara olmayotgani va futbolchilarga ta’sirini o‘tkazolmasligi bezovta qilmoqda.
Avvalroq, Lionel Messi tarafdori bo‘lgan o‘yinchilar bosh murabbiy yo‘llayotgan taktikalarga e’tirof bildirayotgani haqida ham ma’lumotlar chiqqan edi.
Lionel Messi Frantsiya chempionatida to‘qqizta uchrashuvda bitta gol urdi xolos. Parijliklar jamoani Zinedin Zidan boshqarishini istayapti.
Fikrlar