
Pochettino: "Real" dunyodagi eng kuchli klublardan biri"
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Aytishicha, ushbu bahsda favorit yo‘q.
"Real" jahondagi eng katta jamoalardan biri. Buni klub muzeyidagi 13ta Chempionlar ligasi kubogi ham isbotlab turibdi.
Bu o‘yinda kimnidir ustun, deb ayta olmayman. Ikki tomonning darajasini hisobga olsak, bizni finaldanda qiziqroq to‘qnashuv kutmoqda.
PSJ bu musobaqada chempion bo‘lmoqchi. Shuning uchun yozda yirik transferlar amalga oshirildi", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar