Pochettino "Tottenxem"dagi sobiq shogirdini Parijga olib kelmoqchi

  • 3 yanvar, 2021, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli "Pari Sen-Jermen"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchining transferini shaxsan parijliklarning yangi ustozi Maurisio Pochettino xohlamoqda. Aytish kerakki, argentinalik mutaxassis “Tottenxem”ni boshqargan davrda Alli asosiy tarkib futbolchisi hisoblanar edi. Jamoaga Mourino kelgach, u zaxiraga mixlandi va shu sababli ham, jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Dele Alli joriy mavsum “Tottenxem” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!