
Pogba, Mxitaryan va Ibragimovich Evropa ligasining 2016/17 yilgi mavsumida yil o‘yinchisiga nomzod
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachilari Pol Pogba va Genrix Mxitaryan, shuningdek jamoaning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Evropa ligasi 2016/17 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisiga nomzod sifatida e’tirof etildi. Bu haqda UEFA matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, Mxitaryan musobaqaning 11ta uchrashuvida o‘z hisobiga 6ta gol kiritgan bo‘lsa, Ibragimovich 11ta bahsda raqiblari darvozasini 5 marobataba ishg‘ol etgan. Pogba esa 15ta o‘yinda o‘z hisobiga o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘ygan.
Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi esa 25 avgust kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar