Pogba "Renn"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritildi!
Pol Pogba "Monako"ning navbatdagi uchrashuvi uchun kengaytirilgan tarkibga kiritildi.
Klub ertaga Liga 1ning 13-turidan o‘rin olgan "Renn" jamoasiga mehmon sifatida qarshi o‘ynaydi.
32 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan edi.
Frantsuz futbolchisi 2023 yil yozidan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. U doping sababli diskvalifikatsiyada bo‘lgan va keyinchalik jarohatlaridan tiklanish jarayonini o‘tkazgan.

Fikrlar