
Pogba Sulsherni aldadimi?
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba betobligi sabab Angliya liga kubogidan o‘rin olgan “Kolchester”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Aytish kerakki, u o‘tgan dam olish kuni Frantsiyada akasi Florantenning to‘yida ishtirok etgan. Biroq, MYu ustozi Ole-Gunnar Sulsherga o‘zini kasal deb aytgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” va “Kolchester” jamoalari bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar