
"Portu" klub afsonasining xotirasi uchun uning raqamini muzlatib qo‘ymoqchi
"Portu"ning sobiq futbolchisi Jorje Koshtaning 53 yoshida vafot etishi butun Portugaliya jamoatchiligini tushkunlikka soldi.
Koshta faoliyat yuritgan Portugaliya klubi uning xotirasini abadiylashtirish haqida o‘ylamoqda va u jamoada harakat qilgan 2-raqamni muomaladan chiqarishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi Joze Mourino davridagi "Portu" UEFA kubogida, keyinchalik esa Evropaning eng nufuzli klublar musobaqasi - Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan davrda porlagan edi.
Fikrlar