Portugaliya Jota va uning ukasining hotirasiga yodgorlik o‘rnatdi
Portugaliya terma jamoasi o‘z bazasida jamoaning sobiq hujumchisi Diogu Jotaga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatdi. Monument 21-raqamli va yo‘l transport hodisasida halok bo‘lgan futbolchining familiyasi bitilgan libosdan iborat.
Hodisa iyul oyida Ispaniyada yuz bergan. Jota ukasi Andre Silva bilan birga haydab ketayotganda, yuqori tezlikda g‘ildiragi yorilib, mashina ariqqa tushib ketgan va alanga olgan.
"Liverpul" futbolchisi va uning hamrohi voqea joyida jon bergan. "Liverpul" Jotaning raqamini butunlay muomaladan chiqarib tashladi.
Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot e’tirof etishicha, Angliya Premer-ligasi o‘yinlaridan birida u hujumchini almashtirishga chiqarmoqchi bo‘lib, odatdagidek uni zaxiralar o‘rindig‘idan ko‘z bilan qidirgan ekan.
Fikrlar