Portugaliyalik darvozabon "Manchester Yunayted"dan ketadi

  • 6 aprel, 2021, 12:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik darvozabon Joel Pereyra joriy mavsum yakunlangach, “Manchester Yunayted”dan ketadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi insayderning yozishicha, mankunianlar rahbariyati 24 yoshli posbon bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma shu yoz o‘z nihoyasiga etadi.

Pereyra 2015 yildan buyon “Manchester Yunayted” futbolchisi hisoblanadi. Ammo u o‘tgan davr mobaynida asosiy jamoada faqatgina 1 ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Joel asosan ijarada to‘p surgan.

Perreyra joriy mavsumni “Xaddersfild” safida ijarada o‘tkazmoqda. U Chempionshipda bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!