Portugaliyalik yulduz bir oyda Saudiyadan zerikdi

  • 23 avgust, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari taklif qilayotgan mablag‘lar Evropadagi ko‘p futbolchilarni jalb qilayotgani sir emas.

Tecno

Portugaliyalik hujumchi Jota “Al-Ittihod” taklifini qabul qilib, Shotlandiyaning “Seltik” jamoasidan Saudiyaga kelgan edi.

Bu transferdan bir oy o‘tib, tajribali o‘yinch Evropaga qaytishga qaror qildi. 24 yoshli futbolchi aslida “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Bir necha yil Lissabon klubidagi faoliyatidan keyin o‘tgan yili yozda “Seltik” uni 16,2 million evro evaziga transfer qilgandi.

Saudiyaliklar Jota uchun shotlandiyaliklarga 30 million evro to‘ladi. Biroq, bu transfer o‘zini oqlamaydigan ko‘rinadi.

Klub rahbariyati ham bu o‘yinchining ketishiga qarshi emas. Ular legionerdan bo‘shagan o‘ringan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!