Portugaliyaning muhim futbolchisi safdan chiqdi
PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh Portugaliya terma jamoasi safidan chiqdi. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi xabar bermoqda.
Bayonotda aytilishicha, 21 yoshli xavbek sog‘lig‘idagi muammolar sabab keyingi o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmaydi. Nevesh terma jamoa libosida 18 marta maydonga tushgan, biroq gol yoki assist qayd etmagan.
11 oktyabr kuni Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralashining 3-turi doirasida Irlandiyani o‘z maydonida qabul qiladi. 14-sanada Roberto Martines shogirdlari Vengriya terma jamoasini qabul qiladi. Har ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.



Fikrlar