Potter sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 3 iyun, 2024, 16:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning aprel oyida "Chelsi"ni tark etgan Grem Potter murabbiy postiga qaytishi mumkin. 

Tecno

Bir necha hafta oldin "Brayton" Roberto De Zerbi bilan xayrlashgandi. Uning o‘rniga klub yangi nomzodlarni izlamoqda. "Ipsvich Taun" ustozi Kiran Makkena klubda qolishi ma’lum bo‘lganidan keyin "chaykalar" boshqa murabbiylar bilan muzokaralarga kirishishga harakat qilmoqda. 

"The Athletic" nashri xabar berishicha, rahbariyat Grem Potter bilan bitim tuzish haqida ham o‘ylamoqda. Ayni paytda angliyalik mutaxassis ishsiz yuribdi. Unga olinroq "Ayaks" jiddiy qiziqish bildirgandi, lekin Potter niderlandiyaliklar taklifini rad etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!