
Premer-liga jamoasi bekobodliklar bilan o‘yinga tayyorlanyapti
Qozog‘iston Premer-ligasi ishtirokchisi “Elimay” mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.
Bu jamoa 2 fevraldan ikkinchi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgan. Qozog‘istonliklar Turkiyada beshta o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashishi rejalashtirilgan.
Ilk o‘yin Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bo‘ladi.
“Elimay” jamoasining uchrashuvlari ro‘yxati bilan tanishing:
7 fevral: “Metallurg” (O‘zbekiston);
11 fevral: “Samgurali” (Gruziya);
11 fevral: “Dinamo” Moskva (Rossiya);
18 fevral: “Leningradets” (Rossiya);
23 fevral: “Belts” (Moldova).
Fikrlar