“Prezident Olimpiadasi”. -49 kg da o‘smir qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bahslari yakunlandi
“Prezident Olimpiadasi” doirasida og‘ir atletika musobaqalarining biroz avval yakunlangan -49 kg vazn toifasi bo‘yicha o‘smir qizlar bellashuvida ham bahslar murosasiz ruhda o‘tib, g‘olib va sovrindorlar nomiga aniqlik kiritildi.
Ushbu yo‘nalishda oltin medal Qashqadaryo viloyati vakilasiga nasib etdi va hudud umumiy medal reytingida o‘z o‘rnini yaxshiladi.
Oltin - Munisa Odilova 155 kg (Qashqadaryo viloyati);
Kumush - Shohzoda Nurullaeva 123 kg (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Bronza - Roksana Muslikova 122 kg (Toshkent viloyati)
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.
Fikrlar