
Prezident “Roma” transferini barbod qildi
“Roma”ning universal hujumchisi Nikolo Dzanolo qishki transferlar vaqtida jamoadan ketishini ma’lum qilganidan keyin rimliklar “Bornmut” bilan transfer borasida kelishuvga erishgan edi.
Biroq, 23 yoshli futbolchi bu klubga o‘tishni istamadi. “Roma” rahbariyati Dzanoloning rad javobini og‘ir oldi va murabbiylar shtabidan Nikoloni mavsum oxirigacha o‘ynatmaslik masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.
Natijada Dzanolo fikrini o‘zgartirib, “Bornmut”ga o‘tishga rozilik berdi.
Qishki transferlar oynasining oxirigi kunida “Bornmut” klubi prezidenti Bil Foli Dzanolo transferini blokladi.
Insayder Janluka di Martsioning xabar berishicha, qishki transferlar davrining so‘nggi kunida ham xususiy samolyot Dzanoloning Angliyaga yo‘l olishini kutib turgan.
Biroq, Bil Foli klub yanvar oyida transferlarga ko‘p pul sarflab yuborgani bois, Dzanoloni xarid qilishdan bosh tortdi.
Angliya klubi qishki transferlarga 63 million evro sarfladi. Nikolo uchun “Bornmut” 30 million evro taklif qilgandi.
Fikrlar