Prezidentning o‘g‘li otasi qilolmagan ishni qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Timoti Vea jahon chempionatlaridagi urgan gollari soni bo‘yicha otasidan o‘tib ketdi. 

AQSh terme jamoasi hujumchisi JCh-2022 guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Uelsga qarshi o‘yinning 36-daqiqasida gol urishga erishdi. Bu uning mundiallardagi debyut goli bo‘ldi. 

Timotining otasi "Oltin to‘p"ning yagona afrikalik g‘olibi Jorj Vea Liberiya termasi sharafini himoya qilgan va hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan.

Jorj Vea 2018 yildan buyon Liberiya mamlakati prezidenti hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!