
Pro-liga. 6-turdan so‘ng to‘purarlar jadvali bilan tanishing (foto)
O‘zbekiston Pro-ligasining 6 turi ortda qoldi. Mazkur turda ham tomoshabinlar o‘z suyuklilari ishtirokida qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi. Biz sizga 7-tur starti oldidan ayrim qiziq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
6-turdan so‘ng to‘purarlar ro‘yxatida "Andijon-SGS" vakili Abubakir Mo‘ydinov va "Dinamo" legioneri Joel Kojo etakchilik qilmoqda. Ular hisobida bir xil 5 tadan gol mavjud.
Keyingi o‘rinlarni Anvar Hojimirzaev ("Qo‘qon-1912") va Firdavs Asadov ("G‘ijduvon") band etgan. Ushbu ikki futbolchi 3 marotaba raqib posbonlarini ranjitgan.
Quyida ro‘yxatdan joy olgan barcha futbolchilar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar