
Pro-liga. 7-turdan so‘ng to‘purarlar jadvali bilan tanishing (foto)
O‘zbekiston Pro-ligasining 7 turi ortda qoldi. Mazkur turda ham tomoshabinlar o‘z suyuklilari ishtirokida qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi. Biz sizga 8-tur starti oldidan ayrim qiziq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
7-turdan so‘ng to‘purarlar ro‘yxatida "Dinamo" legioneri Joel Kojo etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 6 ta gol mavjud.
Keyingi o‘rinni Abubakir Mo‘ydinov ("Andijon-SGS") band etgan. Futbolchi 5 marotaba raqib posbonlarini ranjitgan. Shuningdek, jadvalda Sergiy Petrov ("Mash’al") va Sime Zuzul ("Lokomotiv") ham qayd etilgan. Ular 4 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Quyida ro‘yxatdan joy olgan barcha futbolchilar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar