Professional boks olamidagi super janglar e’lon qilindi

  • 16 aprel, 2021, 08:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks muxlislari uzoq kutayotgan super janglar e’lon qilindi. "Showtime" o‘z dasturidan o‘rin olgan bir qator chempionlik janglar sanasini rasman ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 15 may kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning vazn toifasidagi (ikkinchi yarim engil, 55,338 kg) WBC chempioni Luis Neri (31-0, 24 KO)  WBA Regular kamari sohibi Brendon Figeroa ( 21-0-1, 16 KO) bilan to‘qnash keladi.

19 iyun kuni Isroil Madrimov faoliyat yuritayotgan birinchi o‘rta vazn toifasida (69, 853 kg) WBC, WBA, IBF chempioni Jermell Charlo (34-1, 18 KO) hamda WBO chempionlik kamari sohibi Brayan Kastano (17-0-1, 12 KO) o‘rtasida mutloq chempionlik uchun jang tashkil qilinadi. 

Shuningdek, 26 iyunda engil vazn toifasi vakillari Jervonta Devis (24-0,23 KO) hamda Mario Barrios (26-0,17 KO) qarama-qarshiligi, 29 may kuni Nonito Donier (40-6, 26 KO ) va Nordin Ubaali (17-0, 12 KO) to‘qnashuvi, 17 iyul sanasida Jermall Charlo ( 31-0, 22 KO) - Xuan Masias Montiel (22-4-2,22 KO), 3 iyulda Yuriorkis Gamboa (30-4,18 KO)- Kris Kolbert (15-0,6 KO), 14 avgustda Gilermo  Rigondo (20-1,13 KO)- Jon Riel Kazemiro (30-4,21 KO), 28 avgustda David Benvides (24-0, 21 KO) - Xose Uskategi (30-4, 25 KO) jangi tashkil qilinadi.

Nihoyat, 11 sentyabrda Murodjon Ahmadaliev vazn toifasidagi WBO chempioni Stefan Fulton (19-0, 8 KO) yuqorida ta’kidlab o‘tgan Luis Neri va Brendon Figeroa g‘olibiga qarshi bahs yuritadi. Aynan ushbu jangda g‘alab qozongan bokschi katta ehtimol bilan Ahmadaliev bilan kamarlarni birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tariladi. 

Barcha janglar "Premier Boxing Chempions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va "Showtime" tomonidan trranslyatsiya qilinadi. 

Kuk

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/04/2021 22:29
Ҳамюртларимиз ҳам жанглари маълум бўлса яҳши бўларди, соғиндик жангларини, тезроқ ўтказишса яҳши бўларди. Чемпионлик жангларини кутиб қоламиз.