Professional bokschimiz 27 yanvar kuni debyut jangini o‘tkazadi
Joriy yilning 27 yanvar kuni o‘zbekistonlik Renat Rahimov professional ringdagi ilk jangini o‘tkazadi.
Jang Turkiyaning Istanbul shahridagi “Haldun Alagas Sports” sport kompleksida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur jangda Renat Rahimov professional boksga qadam qo‘yayotgan turkiyalik Reza Omidali bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni yana bir professional bokschimiz Mashhurbek Qambarov (3-0-0) ham ringga ko‘tarilishi kutilmoqda, biroq hozircha uning raqibi noma’lum bo‘lib turibdi.

Fikrlar