
Professional boksning yangilangan IBF reytinggiga yana bir o‘zbek bokschisi kiritildi
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) fevral oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda 4 nafar bokschimiz kuchlilar qatorida qayd etilgan.
Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 6-o‘rinda, super engil vazn (63,5 kg) toifasida Shohjahon Ergashev 4-o‘rinda o‘zgarishsiz qolgan. Yaqindagina yarim engil vaznda (57,2 kg) WBA eliminator jangida g‘olib bo‘lgan Otabek Holmatov IBF reytingiga ham ilk bor kiritilib, 7-o‘rinda qayd etildi. Birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida reyting yuqorisini egallagan.
Fikrlar