PSJ asosiy raqobatchisini taslim etdi

  • 16 aprel, 2023, 02:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan PSJ - "Lans" uchrashuvi mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

Tecno

Dastlab, Mbappe 31-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Vitinya oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Taym so‘nggida Messi ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibidan Frankoviski hisobni qisqartirdi. 

Shu tariqa, PSJ turnir jadvalida 72 ochko bilan peshqadamligini mustahkamlab oldi. "Lans" esa endi parijiliklardan 9 ochkoga orta qolmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!