PSJ bosh murabbiyligiga kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

  • 25 aprel, 2023, 23:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ bosh murabbiyi Kristofer Galte jamoani tark etishi mumkin. Parijliklar uning qo‘l ostida kutilgan natijaga erisha olmadi va mutaxassisning kelajagi so‘roq ostida turibdi. 

Frantsiya klubi keyingi mavsum uchun yangi murabbiy izlamoqda. Mazkur lavozimga jamoaning sobiq futbolchisi Tyago Motta ham da’vogar, deya xabar bermoqda "La Gazzeta Dello Sport" nashri. 40 yoshli mutaxassis ayni dam "Bolonya"ga ustozlik qilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Motta Italiyada qolishni istaydi, lekin PSJdan kelgan taklifni rad qilmaydi.

Ma’lumot uchun, Tyago 2018-2019 yillar oralig‘ida parijliklarning 19 yoshlilar jamoasida ishlagan. Shuningdek, u faoliyati davomida "Jerona", "Spetsiya" klublarining bosh murabbiyi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!