PSJ Buffonning kelajagi borasida muhim qarorga keldi

  • 7 mart, 2019, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Janluiji Buffon bilan amaldagi shartnomani yana uzaytirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar 41 yoshli italiyalik posbonga 2023 yilga qadar shartnoma taklif qilishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum PSJ safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 10ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!