
PSJ Di Mariya bo‘yicha bir qarorga keldi
Joriy mavsum yakunlanishi bilan PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning shartnomasi tugaydi. Parij klubi rahbariyati argentinalik futbolchi borasida bir qarorga keldi.
Goal nashri PSJ xo‘jayinlari Anxelga yangi bitim berishga tayyor. Hozircha yangi shartnoma tafsilotlari aniq emas. Chunki futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokara boshlanmadi.
Di Mariya parijliklar safida 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Ungacha argentinalik yulduz o‘z yurtida “Rosario Sentral”, Evropada esa “Benfika”, “Real” va “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan.
Shuningdek, Anxel 2008 yildan buyon Argentina terma jamoasi a’zochi hisoblanadi. Mamlakati bosh jamoasi 111 ta uchrashuvda 21 ta gol urgan futbolchi Olimpiya o‘yinlari va Amerika kubogi holibi, jahon chempionati vitse-chempioni hisoblanadi.
Fikrlar