PSJ etakchilaridan biri "Real"ga qarshi dastlabki bahsni o‘tkazib yuboradi
PSJ klubi yarim himoyachisi Tyago Motta UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan dastlabki uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Parijliklar ustozi Unai Emerining fikricha 35 yoshli italiyalik futbolchi hali yuqori saviyali uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor emas. Ispaniyalik mutaxassis Mottadan javob bahsida foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, "Real" hamda PSJ jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 14 fevral kuni “Santyago Bernabeu”da Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.



Fikrlar