
PSJ hujumchini zararga bo‘lsa ham sotmoqchi
PSJ yozgi transfer vaqtida hujumchi Mauro Ikardi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchiga "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Parijliklar uning transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi. O‘tgan yili PSJ Ikardini "Inter"dan 50 million evroga xarid qilgandi.
Joriy mavsum Mauro 19ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan hamda 6ta golga assistentlik qilgan.
Parij klubi Ikardini sotib, uning o‘rniga Moyze Kinning transfer huquqini "Everton"dan xarid qilmoqchi.
Fikrlar